Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekistonning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqichga qadam qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliy Kengashlar faoliyatini 2030 yilgacha takomillashtirishga qaratilgan farmoni ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda kotibiyatning bosh mutaxassis xodimlari S.Nomozov, L.Tashquvvatovlar Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Kengashiga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif ikki hudud kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Tashrif davomida Do‘stlik tumani Kengashida olib borilayotgan ishlar, xususan, kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlar aylanishi tizimi, deputatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sessiyalarni yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi amaliy tajribalar batafsil tanishtirildi.

Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida ochiq va samarali muloqot bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xususan, qonunchilik tashabbuslarini tayyorlash, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, mahalliy byudjetni boshqarish hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muhokama qilishda ilg‘or usullarni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashishni doimiy tizimga aylantirish, o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini kengaytirish hamda kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Slide 1 of 4