Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan Parkent tumani FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish — tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish hamda vafot etish holatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, tumandagi FHDYO bo‘limida
tezlashtirilgan xizmatlar soni 6 taga yetkazilgan bo‘lib, 32 ta xizmat belgilangan muddatdan oldin ko‘rsatildi. Fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha vaqti esa avvalgi 12 daqiqadan 5–7 daqiqagacha qisqartirilgan. 2026-yil 1-choragi davomida jami 1304 ta fuqarolik holati qayd etilgan bo‘lib, shundan 846 tasi tug‘ilish, 196 tasi vafot etish, 220 tasi nikoh tuzish va 42 tasi nikohdan ajralish holatlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ariza va murojaatlarni qabul qilish tartibi, xizmat ko‘rsatish tezkorligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan xizmatlar sifati, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining shaffofligi va aholiga yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5