Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga 3 ta masala kiritildi.

Jumladan,

1. 2026-yil I-chorak yakunida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida.

2. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

3. Muzrabot tumani mahalliy budjetining 2026-yil I-chorak belgilangan daromadlar rejasidan ortirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Ushbu masalalar bo‘yicha tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.M.Xolniyozovning hisobotlari dastlabki tarzda tinglandi.

Shundan so‘ng, har bir masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarga doimiy komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan e’tibor qaratilib, muhokama qilindi.

Majlis yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha bo‘yicha doimiy komissiyasi tegishli qarori loyihasi tasdiqlandi va navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 3