35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#o'rganish #targ'ibot

Olmaliq shahrida aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish borasidagi deputatlik nazorati amaliy natijalar bermoqda.

Kuni kecha "Bo‘ston" mahallasida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda 13-saylov okrugi deputati Bahodir Miralimov ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi va profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.

Suhbat jarayonida yoshlardan 1 nafari oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘la turib, darslarni surunkali ravishda qoldirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Deputatlar tomonidan talabaga ta’limning kelajakdagi o‘rni va qonunbuzarlikning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish berildi. Hozirda ushbu talabaning darslarda muntazam qatnashishi va ta’lim jarayoniga qaytishi deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha quyidagi choralar ko‘rildi:

Ekskursiya tashkil etildi: Deputatlar tavsiyasiga ko‘ra, mahalla hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar uchun "MULTINATIONAL MINE GROUP" MCHJ XKga ekskursiya uyushtirildi.

Yoshlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Korxona mutasaddilari tomonidan ularga munosib mehnat sharoitlari va bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

✍️Xulosa:

Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarning bandligini ta’minlashga, balki oliy ta’lim olayotgan yigit-qizlarning yo‘ldan adashmasligiga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

✅Deputatlarimiz har bir yoshning taqdiri va ta’limi uchun mas’uliyatni his etgan holda ishlashda davom etadilar.

Slide 1 of 6