35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Aholining murojaati ijobiy yechim topdi...

👥 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tashabbusi bilan muhim tibbiy tadbir tashkil etildi.

🗓 Joriy yilning 23-aprel kuni Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy hamda oilaviy poliklinikalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘z kasalliklari bo‘yicha bepul tashxis masalasi ko‘p bora ko‘tarilgani aniqlandi.

🤝 Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib, Toshkent shahridagi “Doktor Maksudova innovatsion klinikasi”ning Beruniy filiali malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ko‘rish baxti” loyihasi doirasida Taxiatosh tumani aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

👨⚕️ Tadbir davomida malakali shifokor Murod Devonov va tajribali hamshiralar tomonidan:

▪️ ko‘z kasalliklarini erta aniqlash

▪️ profilaktika choralarini belgilash

▪️ samarali tashxis va amaliy tavsiyalar berish ishlari amalga oshirildi

💻 Bugungi kunda hayot tarzi va ish faoliyatining ekranlar bilan bog‘liqligi ko‘z salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois kasalliklarni erta bosqichda aniqlash orqali jiddiy asoratlarning oldini olish va jarrohlik amaliyotiga ehtiyojni kamaytirish imkoniyati yaratiladi.

📊 Kun davomida 150 nafardan ortiq fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, har biriga individual tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush tarzi va profilaktika bo‘yicha amaliy maslahatlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur tadbirda Oʻzbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashidagi partiya guruhi a’zolari faol ishtirok etdi.

🌱 Aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa ko‘z salomatligiga e’tibor qaratish — dolzarb vazifalardan biridir.

Slide 1 of 7