35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Saylovchilar bilan uchrashuv

#24_tavsiya #Buloqboshi #Deputat_faoliyati #Saylovchilar #Uchrashuv #E_Adilov

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 1-Bozorboshi Soybo'yi saylov okrugi deputati E.Adilov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida 2026-yil 1-choragi bo'yicha hududda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputat o‘z nutqida xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ularning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, mavjud muammolarni bevosita deputatga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Aholi tomonidan asosan infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik masalalari hamda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga doir taklif va murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, murakkabroq muammolar yuzasidan aniq rejalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida deputat bunday muloqotlar aholi bilan aloqani mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Saylovchilar esa o‘z navbatida bildirilgan e’tibor va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildirdilar.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shamsiddinov.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

📱 Web.sayt (http://kengash.gov.uz/) 📱 Telegram (http://t.me/kengash_buloqboshi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/) 📱 Youtube (https://www.youtube.com/@Kengash_Buloqboshi) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/@Kengash_buloqboshi)

Slide 1 of 5