Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat mahallada Jamoat transporti qatnovi va aholi qulayligi — deputat e’tiborida

 Jamoat transporti qatnovi va aholi qulayligi — deputat
e’tiborida
 

Aholining kundalik turmush tarzida eng ko‘p duch
keladigan masalalardan biri — bu sifatli va xavfsiz jamoat transporti
xizmatidir. Ayniqsa, yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish va manzilga o‘z
vaqtida yetib borish fuqarolar uchun juda muhim.
 

 24-Ko‘lota
saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (“Adolat”
SDP guruh a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova ishtirokida navbatdagi nazorat tadbiri amalga oshirildi.
 

 O‘rganish
davomida “Ko‘lota” MFY raisi bilan mahalladagi jamoat transporti xizmati sifati
va tirbandliklarning oldini olish yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
 

 Qulay transport
tizimi — fuqarolar uchun: Suhbat jarayonida mahallaning Olmaliq shahriga yaqin
joylashganligi inobatga olinib, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish
maqsadida xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatilgani qayd etildi.
Natijada hududdan Olmaliq shahriga muntazam qatnovchi yo‘nalishli transport
liniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
 

 Bu nima beradi? 

Fuqarolarning Olmaliq shahriga borib-kelishlari uchun
zarur sharoitlar yaratildi;
 

Yo‘nalishlarning to‘g‘ri taqsimlanishi hisobiga
hududdagi tirbandliklarning oldi olindi;
 

Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali xizmat
ko‘rsatish sifati va tezkorligi oshdi.
 

“Bizning asosiy vazifamiz — aholiga munosib turmush
sharoiti yaratish va ularning uzog‘ini yaqin qilishdir. Xususiy sektor
vakillari tomonidan yangi liniyalarning tashkil etilishi nafaqat transport
qatnovini yaxshiladi, balki aholining vaqti va naqdini tejashda ham muhim omil
bo‘lmoqda”, — ta’kidladi deputat B.Rahmonova.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/