Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Abay mahallasida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng qamrovda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik darajasi tahlil qilindi.

 O‘rganish davomida, Abay mahallasida jami 6050 nafar fuqaro istiqomat qilishi aniqlandi.

Shundan:

Migratsiyada bo‘lganlar – 35 nafar

 Notinch oilalar – 2 ta

 Probatsiya hisobidagilar – 15 nafar (shundan 3 nafari ayollar, 5 nafari yoshlar)

Shuningdek, oxirgi 3 oy davomida hududda 5 ta kiberjinoyat holati aniqlangan bo‘lib, bu borada aholi o‘rtasida axborot xavfsizligi va fribgarlikdan ogohlikni oshirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, jinoyatchilik sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, notinch oilalar bilan individual ishlash orqali jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi. Hududda videokuzatuv vositalari, tungi reydlar hamda profilaktik uchrashuvlarning tashkil etilishi yuzasidan ham tegishli ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi. 

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4