Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobodda bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida

🏗️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi. 

🔍 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan muhim loyihalar o‘rganildi.

🚧 Xususan, 4P23J “M39 avtomobil yo‘lidan Sherobod shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish ishlari hamda Sherobod kanali ustidan qayta qurilayotgan ko‘prikdagi jarayonlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar qo‘yildi.

🚀 Mazkur loyihalar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulayliklar yaratish va transport qatnovini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4