Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Deputat faoliyatidan

 “Gulobod”da mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati tahlil qilindi 

"Gulobod" MFYda jamoat xavfsizligini
ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar doirasida
navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri,
O‘zLiDeP a’zosi Madhiya Nishanova “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib,
hududga biriktirilgan ichki ishlar inspektorining faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
 

O‘rganishlar mobaynida mahalladagi jinoyatchilik
holati, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik
chora-tadbirlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Ayniqsa, “qizil” va “sariq”
toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni qisqartirish, xavfli holatlarni barvaqt
bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 

Tahlil jarayonida ichki ishlar inspektori
tomonidan aholi bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar va xavf guruhiga kiruvchi
shaxslar bilan profilaktik muloqotlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar
muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla tizimi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash
orqali jinoyatchilikni bartaraf etish samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 1