Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F. Sarmonov hamda O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov hamkorlikda tumandagi 54-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, mazkur tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.

Tashrif davomida, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokorlar tomonidan belgilangan davolash jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilgani, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun bepul ajratilayotgan dori vositalarining yetkazib berilishi va ulardan foydalanish holati alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, deputat tomonidan poliklinika sharoitlari, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, navbatlar tizimi va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ham o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari orqali hududda aholining sog‘ligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tizimdagi muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsad qilingan.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2