Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muxiddin Nurxonovich tomonidan Zartepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, fuqaro Ismatullayev Saydulla hokim yordamchisining ko‘magida 100, mln so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.Tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish sexida ko‘rpa, matras va yostiqlar tayyorlanmoqda. Mazkur sex zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, mahsulotlar sifatli xomashyo, jumladan sintepon asosida ishlab chiqarilyapti. Ushbu tashabbus nafaqat tadbirkorning daromad manbaini yaratish, balki mahallada qo‘shimcha 15 kishini ish o‘rini bilan ta'minlagan. Deputat tomonidan bu kabi ijobiy tajribalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1