Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI ISLOHOTLAR IJROSINI O‘RGANMOQDA

DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI ISLOHOTLAR IJROSINI O‘RGANMOQDA

🌟O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli hamda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-14-14-8-118-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq, aholi muammolarini o‘rganish va islohotlar natijadorligini tahlil qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva hamda deputat A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga qarashli “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, yuqoridagi qarorlar ijrosi doirasida D.Choriyeva xonadonida hokim yordamchisi ishtirokida tomorqadan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Bugungi kunda ushbu xonadon sohiblari tomorqada qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, oilaviy daromad manbaiga aylantirgan. O‘rganish davomida mutasaddilar tomorqa madaniyatini yuksaltirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.