Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTAT TOMONIDAN TADBIRKOR MUROJATI OʻRGANILDI

 DEPUTAT TOMONIDAN TADBIRKOR MUROJATI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati R.Nodirov
tomonidan oʻzi saylangan hudud - Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat
qiluvchi fuqaro N.Xakimovning murojaati asosida oʻrganish ishlari joyiga
chiqqan holda, batafsil va atroflicha olib borildi. 

Oʻrganish jarayonida maʼlum boʻldiki, N.Xakimov oʻz xonadon
tomorqasining 5 sotix qismida zamonaviy issiqxona barpo etib, unda limon,
pomidor va bodring koʻchatlarini yetishtirish bilan shugʻullanib kelmoqda.
Ushbu faoliyat orqali u oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, doimiy daromad
manbaini shakllantirishga erishgan. Shu bilan birga, yetishtirilayotgan
mahsulotlar mahalliy bozorda sotuvga chiqarib, aholini ekologik toza qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda. 

Fuqaro tomonidan issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish
uchun imtiyozli kredit mablagʻlariga ehtiyoji mavjudligi, rejalari amalga
oshirilgan taqdirda qoʻshimcha ravishda kamida 2 nafar fuqaroni doimiy ish
bilan taʼminlash imkoniyati borligi taʼkidladi. 

Deputat mazkur masalani tegishli boʻlim va masʼullar bilan
hamkorlikda koʻrib chiqib, amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur choralar
koʻrilishini bildirdi. 

Oʻrganish yakunida fuqaroning tashabbuskorligi va mehnatsevarligi
alohida eʼtirof etilib, mahalla masʼullariga bu kabi oilaviy tadbirkorlik
subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, faoliyatini ommalashtirish orqali mahallada
bandlikni taʼminlash choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3