Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Yangibo‘ston" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.Nodirova, Z.Nazarova hamda M.Umarovalarning bolalar nafaqasi olish bo‘yicha Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Boyovut tumani bo‘limiga qilgan murojaatlari rad etilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida tuman deputatlari A.Ibadullayev hamda X.Berdiyarovalar tomonidan fuqarolar yashash manzillariga chiqilgan holda o‘rganishlar tashkil etildi. O‘rganish jarayonida fuqarolarning oilaviy va moddiy sharoitlari tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, murojaatlarning rad etilishiga asosiy sabab sifatida oilalarning daromadlari belgilangan mezonlardan yuqoriligi hamda ayrim holatlarda rasmiy daromad manbalari mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, deputatlar mahallada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, issiqxona tashkil etgan tadbirkor ayol tomonidan yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari — bodring, pomidor hamda bulg‘or qalampiri ekinlari ayni paytda hosilga kirgani qayd etildi.

Slide 1 of 5