Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Huquqiy_axborot_soati

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-sonli Qonun (https://lex.uz/ru/docs/-7052085) sohadagi huquqiy asoslarni yangi bosqichga olib chiqdi.

⏺Qonunning asosiy maqsadi nima?

🫥Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslaridan oqilona foydalanishni tartibga solish, energiya isrofini kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishdir.

📌 Qonunda belgilangan muhim yo‘nalishlar:

▫️ Davlat nazorati kuchaytiriladi: Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi ustidan O‘zenergoinspeksiya tomonidan davlat nazorati amalga oshiriladi.

▫️ Energetika auditi: Katta miqdorda energiya iste’mol qiluvchi korxonalar uchun majburiy energetika auditlari o‘tkazish tartibi belgilandi.

▫️ Bino va inshootlarga talab: Qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi ko‘rsatkichlariga muvofiqligi qat’iy tekshiriladi.

▫️ Maishiy texnikalarni markirovka qilish: Mamlakatimizda sotilayotgan maishiy elektr asboblari va qurilmalarida ularning energiya samaradorligi klassi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi majburiydir.

⏺Bu xalqimizga nima beradi?

▫️Iqtisodiy tejamkorlik: Energiya isrofi kamayishi natijasida oilaviy budjet va davlat xarajatlari tejaladi.

▫️Barqaror ta’minot: Energiyadan oqilona foydalanish tarmoqlardagi yuklamani kamaytirib, uzilishlarning oldini oladi.

▫️Ekologik tozalik: Tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitga zararni kamaytirish imkonini beradi.

🫥Energiyani tejash — bu nafaqat iqtisodiy manfaat, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.