Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.

Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Karimova Xilola Qadamboyevna tomonidan Ishchilar mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

📆O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori, kapitan Saparov Jo‘rabek Davronbekovich tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hududda jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar bilan muntazam profilaktik suhbatlar o‘tkazish, muammoli oilalar bilan ishlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝Shuningdek, mahallada tungi nazorat, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan individual ishlash, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligi tahlil qilindi.

 ✅Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar ham tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida jinoyatchilikni yanada kamaytirish, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1