Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna Parkent tumani sport maktabida bo‘lib, aholining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlarining holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari, infratuzilmaning talab darajasiga mosligi hamda sport anjomlarining yetarliligi va sifati alohida o‘rganildi. Bundan tashqari, sport zallarining yoritilishi, isitish va shamollatish tizimlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi kabi muhim masalalarga ham e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida sport murabbiylari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, deputat tomonidan sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi. 

Slide 1 of 4