Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

📄 Yig‘ilishda sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Xususan:

🔘 5-masala bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining 5-yo‘nalishi — “Ekologik muvozanatni ta’minlash” doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i X. Jo‘rabekovning hisoboti tinglandi.

🔘 6-masala bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-son qarori ijrosi, ya’ni suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔘 7-masala bo‘yicha — tumandagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilarga vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti hamda haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

📌 Ma’lumot o‘rnida, kun tartibidagi 10-masala — tumanda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash yuzasidan taqdim etilgan hisobot asosli va to‘liq emasligi sababli doimiy komissiya tomonidan qabul qilinmadi. Mas’ullarga mazkur masala yuzasidan ma’lumotlarni to‘liq shaklda tayyorlab, navbatdagi yig‘ilishga puxta hozirlik bilan taqdim etish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7