Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Qonun ijrosi amalda

  Qonun ijrosi amalda 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Boymurotova Nazokat tomonidan
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib
borildi. 

Mazkur jarayon doirasida deputat tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga yaratilgan
imkoniyatlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari
atroflicha muhokama qilindi. 

Tadbirkorlar tomonidan faoliyatni kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va amaliy
yordam masalalarida qator taklif hamda murojaatlar bildirildi. Deputat ushbu
murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan zarur choralar
ko‘rilishini ta’kidladi. 

Shuningdek,
qonun ijrosini samarali ta’minlash, aholi bandligini oshirish va oilaviy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish
zarurligi qayd etildi.  

Slide 1 of 1