Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
E’tirof va ehtirom – ustozga munosib hurmat

E’tirof va ehtirom – ustozga munosib hurmat

 ✨ Yurtimizda, xususan Uchtepa tumanida Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan soha vakillariga alohida e’tibor qaratilib, ularning mehnati munosib qadrlanmoqda.

 🎤 Kuni kecha bayram munosabati bilan “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli so‘z ustasi va ustoz san’atkor To‘xtamurod Azizov xonadoniga tashrif buyurilib, samimiy tabriklar yo‘llandi. Uchrashuv davomida san’atkorning ko‘p yillik ijodiy faoliyati, milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Jamshid Karimov san’atkor bilan samimiy suhbat qurib, uni kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Shuningdek, ustoz san’atkorning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni, san’atga sadoqati va fidoyiligi yuksak baholandi.

 🗣 O‘z navbatida To‘xtamurod Azizov ham tuman rahbariyati, xususan Kengash deputatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. U bunday e’tibor ijodkorlar uchun katta rag‘bat ekanini alohida ta’kidladi.

 🔼 Bunday e’tirof va ehtirom yurtimizda san’at ahliga bo‘lgan yuksak hurmatning amaliy ifodasi bo‘lib, ular faoliyatiga yangi kuch va ilhom bag‘ishlashi shubhasiz.

Slide 1 of 5