Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi deputati B.Karabekova “Nurafshon” MFY hududidagi ichki yo‘llarning holati bo‘yicha yuborgan deputatlik so‘rovi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Mavjud holat:

O‘rganishlar natijasida “Nurafshon” mahallasidagi Turkiston ko'chasining 360 metr, Yashnaobod ko‘chasining 110 metr, Ko'k dala ko‘chasining 90 metr qismi shag‘allashtirilmagani, natijada yog‘ingarchilik mavsumida loy bo‘lib, aholi va transport harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.

Amalga oshiriladigan ishlar:

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, deputat so'rovida keltirilgan ko‘chalar 2026-yilgi manzilli ro‘yxatga kiritildi.

✅ Mazkur dastur tasdiqlanib, tegishli mablag‘ ajratilishi bilan Turkiston, Yashnaobod hamda Ko'kdala ko‘chalarida shag‘allashtirish ishlari to‘liq amalga oshiriladi.