Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatga kelib tushgan murojaat o‘rganildi

Murojaatda mahalla raisi X. Tursunqulov boshchiligidagi faollar tomonidan Lolazor mahallasining Usta Quli ko‘chasida olib borilgan yo‘l qurilish ishlari natijasida ushbu ko‘chada joylashgan 22-xonadon piyodalar yo‘lakchasiga 3 metr chiqib ketgani sababli mazkur xonadon “snos”ga tushgani hamda shahar hokimligi balansiga olingani ma’lum qilingan.

Shuningdek, murojaatda mahalla markazi binosining eskirganligi bois, mahalla “yettiligi” a’zolari o‘z faoliyatini tor va noqulay sharoitda, bitta xonada olib borishga majbur bo‘layotgani qayd etilgan.

 Shu munosabat bilan murojaatchilar tomonidan mazkur 22-xonadonning qolgan qismini vaqtincha mahalla ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat berish masalasi ko‘tarilgan.

 Deputat tomonidan mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy yechim topish bo‘yicha choralar ko‘riladi.