Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI

📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI

Baxmal tumanida sohani rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Anorboyev ishtirok etib, sohadagi yangi imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Seminar davomida deputat tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlandi:

🔹 Prezident qarori (PQ-87): Pillachilarga topshirilgan hosil uchun to‘langan mablag‘ning 35 foizigacha miqdorida subsidiya berilishi;
🔹 Ijtimoiy ko‘mak: Kam ta’minlangan oilalarga pilla yetishtirish uchun 4 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi;
🔹 Kasanachilik: Soha vakillari va kasanachilar uchun foizsiz ssudalar taqdim etilishi.

Deputat F.Anorboyev yangi tizim asosida tutzorlar barpo etish va kooperatsiya usulida ishlash orqali mahallalarda ishsizlikni kamaytirish mumkinligini qayd etdi. Ishtirokchilarga davlat tomonidan berilayotgan ushbu imtiyozlardan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Maqsadimiz — har bir xonadonda daromad manbasini yaratish va xalqimiz farovonligini oshirishdir. 

Slide 1 of 3