Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil I-chorak bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Bobur Maxirdjanovich hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi. 

📁 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlari va talabalar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, ta’lim muassasasidagi noxush hodisalarni oldini olish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Radjabov Bunyod Abduxalilovich yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

📉 Kun tartibidagi yakuniy Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li o‘z hisobotini komissiya a’zolariga taqdim etdi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)