Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
"Mahalla yettiligi" — islohotlarning asosiy bo‘gini: "Kattabog‘" mahallasida integratsiyalashgan o‘rganish

⏺Tadbirda viloyat va shahar darajasidagi mutasaddilar, jumladan, viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari X.Samatov, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, viloyat Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Zoirov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi deputati I.Tangirovlar ishtirok (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326) etdi.

💬Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bunda asosiy e’tibor mahalladagi mas’ul xodimlarning o‘zaro hamjihatligi hamda aholi muammolarini hal etishdagi mas’uliyatiga qaratildi.

💬O‘rganish doirasida "mahalla yettiligi" vakillarining quyidagi muhim vazifalari tahlil qilindi:

✔️Mahalla raisi: Hududdagi umumiy vaziyatni boshqarish, mahalla faollari va aholi o‘rtasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi o‘rni.

✔️Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida oilalar daromadini oshirish choralarini ko‘rish.

✔️Yoshlar yetakchisi: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va “Yoshlar daftari” bilan tizimli ishlash.

✔️Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va ularning bandligini ta’minlash.

✔️Profilaktika inspektori: Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash.

✔️Ijtimoiy xodim: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va keksalar bilan manzilli ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish.

✔️Soliq inspektori: Mahalladagi soliq bazasini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari bo‘yicha tushuntirish berish.

🫥Muloqot davomida viloyat Kengashi raisi A.Choriyev mahalladagi har bir mas’ul o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi shartligini ta’kidladi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan “yo‘l xaritasi” belgilab olindi va ijrosi deputatlik nazoratiga kiritildi.

💬"Mahalla raisi va uning yordamchilari — davlatning xalq ichidagi ko‘zidir. Agar mahalla yettiligi uyg‘un ishlasa, aholini qiynayotgan muammo qolmaydi," — deya qayd etdi A.Choriyev.

Slide 1 of 3