Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev hamda Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov bilan birgalikda 19-Shirin saylov okrugi deputati Akbarxon Sobirxonovning okrugida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

📝 Jarayon davomida deputat tomonidan “Tepaqo‘rg‘on” va “Zargarlik” mahallalarida olib borilayotgan ishlar, mahalla tizimi va undagi “mahalla yettiligi” faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektoridan iborat tizimning o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini aniqlash va hal etishdagi roli alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

🔎 Shuningdek, Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📌 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilib, hududdagi infratuzilma, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, yoshlar bandligi, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar tahlil qilindi.

⚠️ Aniqlangan muammolar yuzasidan ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔺 Yakunda mahalla tizimini mustahkamlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish orqali hududlarda mavjud muammolarni tezkor va tizimli hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 2