Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobomuratov va D. Raxmatullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar, Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida Guruchariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobomuratov va D. Raxmatullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar, Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida Guruchariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

 Sayyor qabulni o‘tkazishdan asosiy maqsad — hudud aholisi bilan bevosita ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni tizimli ravishda hal etish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

 Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifati, ijtimoiy yordam masalalari, moddiy ko‘mak ajratish, murojaatlar hamda boshqa turli yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

 Jumladan, fuqarolardan biri tomonidan mahalla hududida maktabgacha ta’lim muassasasiga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligi, masalasi yuzasidan taklif bildirildi. Mazkur murojaat deputatlar tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy yechim ishlab chiqish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

 Har bir murojaat deputatlar tomonidan alohida tartibda tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar ijroga qaratilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

 Shuningdek, qabul jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash, mahallada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

 Ta’kidlab o‘tish joizki, bunday sayyor qabullar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga tizimli yondashuvni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 9