Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 Sherobodda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Mazkur qaror asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining Sherobod tumanidagi bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

👨💼 Yig‘ilish davomida Sherobod tuman hokimiyati bosh mutaxassisi N. Abdulaminov tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

📊 Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

⚙️ Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan loyiha ijrosini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yakunda mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, loyihaning sifatli va o‘z muddatida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 5