Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-312-sonli qarori talablaridan kelib chiqib deputatlar tomonidan atroflicha muxokama qilindi.

2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan ishlarni doimiy monitoring qilish, jamoatchilik nazoratini olib borish masalalariga urg‘u berildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishi so‘ngida mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6