Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Savdo nuqtalarida narx-navo va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov tomonidan shahardagi savdo nuqtalarida oziq-ovqat va kundalik iste’mol mahsulotlari narx-navosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahsulotlar narxining shakllanishi, ularning asosliligi, savdo madaniyati, mahsulotlar sifati hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni talablari asosida amalga oshirildi. Qonun doirasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining erkinligi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek savdo jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida: 

asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi va asosliligi; 

narxlarning ochiq va aniq ko‘rsatilishi; 

mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddati; 

savdo nuqtalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi; 

tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qonunchilikka amal qilinishi holati tahlil qilindi. 

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga qonun doirasida faoliyat yuritish, narx-navoni sun’iy oshirishga yo‘l qo‘ymaslik, iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlar taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, savdo madaniyatini oshirish, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5