Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati deputat e’tiborida.

Hududda aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida 14-O’zbekiston saylov okrugi deputat  F.Cho’liyeva  tomonidan  Azizon MFY hududida joylashgan Miyonsaroy OshP muassasasini  o’rganish ishlari amalga oshirildi. Jarayonda tibbiyot muassasalarida mavjud dori-darmonlar zaxirasi, ularni tarqatish tartibi hamda aholiga yetkazib berish holati atroflicha ko’rib chiqildi.

O’rganish davomida, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga bepul beriladigan dori vositalarining o’z vaqtida va to’liq yetkazilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dorilarni ro’yxat asosida taqdim etish, ularning sifatini ta’minlash va hisob-kitob ishlarini shaffof yuritish masalalari muhokama qilindi.

Tibbiyot xodimlari bilan muloqot chog’ida mavjud muammolar, jumladan, ayrim turdagi dorilar yetishmovchiligi va logistika bilan bog’liq masalalar ham ko’tarildi. Deputat tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, dorilar ta’minotini yanada yaxshilash va aholi roziligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yakunda aholini bepul dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash, tizimli nazoratni kuchaytirish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1