Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Mahalladagi kutubxona holati deputat nazoratida o’rganildi.

O’zbekistonda mahallasida aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan kutubxonalar faoliyati doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Shu munosabat bilan mahallada faoliyat yuritayotgan kutubxona holati 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva hamda Azizon MFY xotin-qizlar faoli ishtirokida atroflicha ko’rib chiqildi.

O’rganish jarayonida kutubxonadagi kitoblar fondi, ularning saqlanish holati, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Ayniqsa, yoshlar va o’quvchilarning kutubxonadan samarali foydalanishi, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxonada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron kitoblar bazasini shakllantirish va kitobxonlarga qulay muhit yaratish masalalari ham muhokama qilindi. Kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o’rganishlar mahallada kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, aholining intellektual salohiyatini oshirish hamda yosh avlodni bilimli va ma’naviyatli qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 1