Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Toyirov tomonidan tashabbusli budjetning 2026 yil 1-choragida g‘olib bo‘lgan loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda qayd etilishicha, aholining bevosita takliflari asosida shakllangan loyihalar doirasida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Yig‘ilish yakunida tashabbusli budjet doirasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholi ehtiyojlariga mos yangi takliflarni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 3