Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
"Amir Temur Mahallasida yog‘och ustunlar yangi beton ustunlarga almashtirildi – deputat ishlarni joyida nazorat qilmoqda"

"Amir Temur Mahallasida yog‘och ustunlar yangi beton ustunlarga almashtirildi – deputat ishlarni joyida nazorat qilmoqda"

Amir Temur Mahallasi fuqarolar yig‘ini hududida eski va xavf tug‘dirayotgan yog‘och elektr sim ustunlari yangi beton ustunlarga almashtirilmoqda. Ushbu ishlar hudud xavfsizligini taʼminlash, aholi farovonligini oshirish va elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini kafolatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati  T.Berdiyarova o‘zi saylangan hududdagi ishlarni yaqindan nazorat qilmoqda. Ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda va hozirga kelib jami 25 ta eski yog‘och ustun muvaffaqiyatli ravishda yangi beton ustunlar bilan almashtirildi.

Ushbu ishlar fuqarolar hayot sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, hududdagi elektr tarmog‘i xavfsizligi va uzluksizligi taʼminlanadi. Shu bilan birga, mahalla aholisi tomonidan ushbu yangilanish katta mamnuniyat bilan qabul qilinmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat mahallaning infraqurilmasini mustahkamlash, balki fuqarolarning ishonch va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3