Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
“Mirobod tumani prokurori, IIOFMB boshlig‘i, xokim o‘rinbosari, “MADAD” NNT va deputatning birgalikdagi qabuli”

Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev, Mirobod tumani IIOFMB boshlig‘i U.Nastitdinov, “MADAD” NNT ma’sul G.Amridinova, tuman hokimining o‘rinbosari F.Najmitdinov va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Karimov ishtirokida “Yuksalish” MFYda fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy yordam, qonun ustuvorligiga oid masalalar, ichki ko‘chalarni ta’mirlash va asfalt yotqizish, maishiy chiqindilarni mahalla hududidan o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini nazoratga olish, hududni ozoda saqlash, mahallaning ayrim ko‘chalarini raqamlashtirish, masalada barpo etilgan bog‘ yerlarni saqlab qolish, oilaviy nizo hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Qabulda murojaatchilarning hududni ozoda saqlash, maishiy chiqindilarni mahalla hududidan o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi, hududni ozoda saqlash, ishga joylashishga ko‘maklashish, ko‘p qavatli uylar oralig‘ida barpo etilgan bog‘ni saqlab qolish masalalari joyida ijobiy hal etildi.

Qabul davomida murojaatchining oilaviy nizo bo‘yicha ko‘targan masalaning yechimi bo‘yicha huquqiy yordam, qonun ustuvorligi to‘g‘risida tushuntirish berildi. 

Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan Mirobod tumani prokurori, IIOFMB boshlig‘i, hokim o‘rinbosari va deputat nazoratiga olinib, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi. 

Qabulda fuqarolarning bir qator murojaatlari bo‘yicha huquqiy yordamga oid murojaatlariga “MADAD” NNT mas’ul G.O‘.Amridinova tomonidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, mazkur hududda deputat o‘rni bo‘shligi sabab, Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2026-yil 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining ijrosi hamda Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgani haqida biriktirilgan deputat A.Karimov ma’lumot berdi.

Qabuldan so‘ng fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ayrim masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 8