Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Uchqizil suv ombori hududida sport bazasi qurilish ishlari bilan tanishildi

Uchqizil suv ombori hududida sport bazasi qurilish ishlari bilan tanishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro sport bazasini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida 50 o‘rinli yotoqxona, 50 o‘rinli oshxona, 11×25 o‘lchamli yopiq suzish havzasi, elling, trenajyor zali, gimnastika zali hamda yordamchi xonalarni qurish rejalashtirilgan.

O‘rganishlar davomida hududda qurilish ishlari boshlanganligi, ayrim binolar qad ko‘tarib borayotgani hamda qurilish uchun zarur bo‘lgan hududlar tekislanib, materiallar olib kelingani aniqlandi. Hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7