Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatlar va Mahalla uyushmasi hamkorligida Termiz mahallasida o‘rganish o‘tkazildi

Deputatlar va Mahalla uyushmasi hamkorligida Termiz mahallasida o‘rganish o‘tkazildi

Hududlarda olib borilayotgan ishlar Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tuman Kengashi deputatlar Dj.Taxchiyeva, G.Shafoatova va O‘zbekistom Mahallalari uyushmasining Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i R.Alixanov bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Navbatdagi manzil sifatida Termiz mahallasi tanlanib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan manzilli ishlar alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla faollari hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullar tomonidan tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

O‘rganish yakunida hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar va mas’ul rahbarlar hamkorligidagi o‘rganishlar navbatdagi hududlarda ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3