Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
O‘RTAXO‘JASAHAT MFYDA MUHIM TASHABBUS!

O‘rganish davomida mazkur bino uzoq yillardan buyon foydalanilmay kelayotgani, texnik holati eskirgani va rekonstruksiya qilish zarurati borligi aniqlandi. Shu bilan birga, bino joylashuvi va hudud imkoniyatlari inobatga olinib, undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

 Deputatlar tomonidan ushbu binoni:

 to‘liq rekonstruksiya qilish,

 zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash,

 zamonaviy o‘quv markaziga aylantirish

bo‘yicha tashabbus ilgari surildi.

 Rejalashtirilayotgan o‘quv markazida:

yoshlar uchun zamonaviy kasb-hunar yo‘nalishlari,

IT va xorijiy tillar kurslari,

tadbirkorlik va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlari yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.

 Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida:

hududdagi yoshlarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shiladi,

ularning bilim va ko‘nikmalari oshadi,

yangi ish o‘rinlari yaratiladi,

mahalla infratuzilmasi yanada rivojlanadi.

 Hozirda loyiha yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 Shuningdek, mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ushbu tashabbus ijobiy kutib olinib, uni tezroq amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

 Mazkur loyiha hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda

Slide 1 of 1