Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari viloyat Kengashida 30 nafar shaxsga tegishli yer hamda bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etildi.

10-aprel Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov axboroti eshitildi. 

Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida 10 nafar, Bulung‘ur tumanida 10 nafar, Payariq tumanida 6 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2 nafar, Toyloq tuman 1 nafar, Narpay tumanida 1 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qarori qabul qilindi hamda mazkur fuqarolarga ushbu hujjat tantanali topshirildi. 

- Qirq yil ilgari "Qiyot" mahallasidan yer olib, uy-joy solib hozirgacha yashab kelayapmiz, - deydi Kattaqo‘rg‘onlik 69 yoshli Nurmahmud ota Rizanov. - Ammo ushbu uyimizga nisbatan mulk huquqi yo‘q edi. Yillar davomida shu kunlarni kutib yashadik. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugundan mazkur uy-joyimizning qonuniy egasi bo‘ldik.

Slide 1 of 3