Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Dehqonobodda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Bugun, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining 2025-yil 13-may kuni VII-chaqiriq 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman prokurori, gaz, elektr, yo‘l xo‘jaligi, hududiy boshqaruv organlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ijtimoiy soha va infratuzilma yo‘nalishida muhim masalalar o‘rin oldi. 

Xususan, chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, tabiiy gaz tarmog‘ini kengaytirish, elektr energiyasi ta’minotida barqarorlikni ta’minlash, nosoz transformatorlar va elektr ustunlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Tumandagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 

Shuningdek,
“Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, tumandagi 135 ta qabristonga rasmiy nom berish masalasi ham muhokama qilinib, bu borada aniq takliflar bildirildi. 

Mazkur sessiya davomida barcha dolzarb masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axborot va hisobotlari tinglanib, muhim qarorlar qabul qilindi. Ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi. 

Slide 1 of 10