Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Quva tumanida agrosohada xalqaro tajriba almashuvi amalga oshirildi

 Quva tumanida agrosohada xalqaro tajriba almashuvi amalga oshirildi 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi
rahbariyati tashabbusi bilan Quva tumanida agrar sohani rivojlantirish, zamonaviy
agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida muhim tadbir tashkil etildi.
 

Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazida bo‘lib o‘tgan mazkur
uchrashuvda Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif buyurgan agrosohadagi
yetakchi olimlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, Quva tumanidagi
agrar salohiyat va istiqbollar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
 

Tadbir davomida ikki tomonlama tajriba almashuvi tashkil
etildi. Germaniyalik mutaxassislar kichik tomorqalarni samarali boshqarish, yuqori
mahsuldorlikka erishish, tuproq unumdorligini saqlash borasida o‘z tajribalari bilan
o‘rtoqlashdilar.
 

O‘z navbatida, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari
tuman fermer xo‘jaliklari va aholining qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlari, ularga
yaratilgan sharoitlar, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida axborotlar
berdilar.
 

Ushbu uchrashuvda O‘zLiDeP partiyasidan Quva tuman Kengashiga
saylangan deputatlar, tumandagi qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlari rahbarlari
va mutaxassislari ishtirok etib, partiyaning qishloq joylarini rivojlantirishdagi
ustuvor vazifalari va amaliy ishlariga to‘xtalishdi.
  

Slide 1 of 5