Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
📌 Ishtixon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Umirova va M.Raximov tashabbusi bilan “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJ korxonasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda korxona rahbariyati, xodimlar, kengash deputatlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Muhokama etilgan asosiy yo‘nalishlar:

Ish joylarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash;

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va iqtidorini to‘laqonli namoyon etishlariga imkon yaratish;

Gender tenglikni ta’minlash borasida amaldagi qonunchilik va mahalliy amaliyotdagi yondashuvlar;

Tashabbuskor va ijtimoiy faolligi yuqori ayollarni aniqlash, ularni ijtimoiy hayotga jalb qilishga qaratilgan takliflar.

🗣 Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina jazolash yo‘li bilan emas, balki profilaktika, axborot-ma'rifat ishlari, shuningdek, jamiyatda ochiqlik va mas'uliyat muhitini yaratish orqali amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

👩‍🦰 Xotin-qizlar masalasi doirasida esa, ularga nisbatan ijtimoiy munosabatda tenglikni shakllantirish, rahbarlik lavozimlarida ularga kengroq imkoniyatlar yaratish, mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyani kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirgan takliflar umumlashtirilib, kelgusida ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4