Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
🚑TIBBIY XIZMAT SIFATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🚑TIBBIY XIZMAT SIFATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🤕Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Qaravul” mahallasi hududida joylashgan M. Torobiy oilaviy shifokorlik punkti (OShP) faoliyati o‘rganildi.
🤕O‘rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati, tibbiy xizmatlarning tashkil etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🤕Mas’ullar tibbiyot muassasasi faoliyatini joyida ko‘zdan kechirish orqali aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
🤕Deputat Sh. Teshayev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish va fuqarolar salomatligini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. O‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratiladi.
🤕Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5