Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
📌 “YAKKATUT” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan kunlik ish rejasiga muvofiq, “Yakkatut” mahallasida qonunchilik hujjatlari ijrosi va Kengash tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilish holatini o‘rganishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi.

O‘rganish ishlari maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, unda amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosining holati, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Kengash tomonidan belgilangan tavsiyalarning bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, deputatlik faoliyatining tegishli yo‘nalishlari doirasida 162 ta qonunchilik hujjati va 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Jarayonda belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli holatlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari ijrosini kuchaytirish va berilgan tavsiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash yuzasidan tahliliy xulosalar tayyorlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

Mazkur deputatlik nazorati tadbiri qonunchilik hujjatlari ijrosini tizimli o‘rganish, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3