Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid Xudayarovich saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.
Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Chegarachi mahallasining Qorakamar qishlog‘i aholisi uchun uzoq kutilgan quvonchli kunlar keldi.

Ushbu qishloqda yillar davomida aholi uchun eng dolzarb masalalardan biri — yo‘llar muammosi bo‘lib kelgan. Ko‘p yillar davomida qishloq ahli tosh va tuproq yo‘llardan foydalanib, manzillariga qatnab kelgan.

Bugungi kunda esa yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar eng chekka hududlargacha yetib bormoqda.

Jumladan, PQ–141-son qaroriga asosan  Qorakamar qishlog‘ining asosiy 3 kilometr yo‘l qismi asfalt qoplamasi bilan yangilanib, qolgan ichki ko‘chalariga tosh yotqizilib, tekislash ishlari amalga oshirildi.

Slide 1 of 3