Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
YANGI G‘OYALAR VA KATTA IMKONIYATLAR: YUNUSOBODDA “ISHBILARMON AYOL – 2026” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Xalq bilan birga” umumxalq dasturi doirasida Yunusobod tumanida xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda iqtisodiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Abdulxayevich Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sevara Abdullayevna Ubaydullayeva va Erkin Agzamovich Zohidov, Yunusobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari, faol tadbirkor xotin-qizlar hamda partiya faollari ishtirok etdilar.

👥Ko‘rik-tanlov davomida tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan faol va tashabbuskor xotin-qizlar o‘zlarining istiqbolli biznes loyihalari, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan hakamlar hay’ati oldida taqdimot o‘tkazdilar.

➡️Tadbir yakunida ishtirokchilarning innovatsion g‘oyalari, tadbirkorlik faoliyatidagi yutuqlari hamda biznesni rivojlantirish borasidagi istiqbolli tashabbuslari munosib baholandi.

🥇🥈🥉Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, “Ishbilarmon ayol – 2026” tanlovining Yunusobod tuman bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanib, tanlovning keyingi — hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

🔠Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda yangi biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib, bu boradagi ishlar Yunusobod tumanida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 5