Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 Sessiya kun tartibidagi muhim masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida Sherobod tumani hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida tashkil etish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4