Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Chodaklik mahallasida umumta’lim maktabi qurilishi masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida aholini ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash masalalari ham atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada 3 350 nafar aholi istiqomat qilayotganiga qaramay, hududda umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur holat sababli o‘quvchilar qo‘shni hududlardagi maktablarga qatnab ta’lim olayotgani, bu esa ota-onalar va mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Mahalla faollari tomonidan hududdagi 1,8 gektar yer maydonida yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish maqsadga muvofiqligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur taklif asosida yer maydoni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, maktab qurilishi uchun mavjud imkoniyatlar va zarur shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mahalla aholisining ta’lim infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, yangi maktab qurilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, loyiha masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda zarur hujjatlarni tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4