Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Ichimlik suvi ta’minoti holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Aziztepa mahallasi aholisi murojaati asosida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-sonli “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib tashlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan soha mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirokida Aziztepa mahallasida joylashgan ichimlik suvi nasos stansiyasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimining amaldagi holati, nasos stansiyasining uzluksiz faoliyati, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Qonun talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, belgilangan davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishi, suv manbalari hamda ichimlik suvi tarmoqlarining sanitariya-muhofaza zonalariga rioya etilishi, mavjud texnik holat va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisining ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha bildirgan taklif va murojaatlari ham tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Aziztepa mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha suv tarmog‘ini ulash ishlarini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6